Umrini ilm-ma'rifatga bağişlagan odam uçun eng aziz ne'mat nima? Bu vaqt... Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari vaqtning har bir daqiqasini ilmga sarlaydigan, odamlar qalbiga hidoyat, ezgulik uruğini qadaydigan bağrikeng olim edilar. 

Hazrat Islom olamida özining ilmu-irfoni bilan millionlab insonlarning ustoziga aylangan olim darğalardan edi. Tinim bilmas, halol va nur yuzli olim edilar. Oilaparvar, millatparvar, vatanparvar olim edilar. 

Kun.uz hazratning öğli, Ismoil Muhammad Sodiq bilan suhbat uyuştirdi. Mazkur suhbat davomida hazratning vafoti, ularning oila masalasidagi qaraşlari, şunday insonning farzandi böliş mas'uliyati, kitobga bölgan muhabbat, jamiyatimizdagi ma'naviyat va qator boşqa masalalar tilga olindi.

Yöqotiş

“Albatta, hazratni vafotlari barçamiz uçun, xususan, musulmonlar uçun oğir yöqotiş böldi. U kişining hayotlari, butun umrlari faqat yaxşilikka sarflangan bölganligi sababidan, biz albatta qayğurganimiz bilan, öşa paytda u kişini hayotlari mazmunli, foydali ötgani uçun şu narsa bizga tasalli berdi”.

Oila

“Oilamizning asosi, oiladagi umumiy hayot tarzini albatta şariat axkomlari taşkil qiladi. Hazrat nafaqat oilada, balki umuman insonlar bilan bölgan munosabatlarda juda halim odam edilar. Yaqin, özlarini farzandlari yoki nabiralaridan boşqa odamlarning farzandlarini biron marta sensiraganliklarini eşitmaganmiz. Özimizni uydagilarga ham iloji boriça faqat sizlab murojaat qilişga harakat qilardilar. U kişining xafa bölganliklari, ranjiganliklarining asosiy belgisi – indamasdan qöyardilar”.

Farzandlik mas'uliyati

“Hazratning farzandlari bölib yuriş albatta boşqalarga qaraganda köproq mas'uliyatni talab qiladi. Bu mas'uliyatni inson uçun maşaqqatli taraflari ham bölişi mumkin, lekin buning orqasidan savob olamiz degan umid bölgani uçun bu narsa biz uçun yengil holatga ötgan”.

Kitobga muhabbat

“Kitobga bölgan muhabbat ilmga bölgan muhabbatni asosida bölgan. Hazratning döstlarini aytişiga qaraganda, ularni bir marotaba bölsa ham kitobsiz körişmagan, hattoki madrasani ustuniga suyangan holda tanaffusda ham kitob öqigan ekanlar. Otamizni ham, onamizni ham qöllarida doimo kitob bölgan”.

Munosib davomçi