Uber prezidenti Jyeff Jouns kompaniyadan ketmoqda, deb xabar beradi Reuters. U bu lavozimda bir yildan kamroq vaqt davomida işladi.

Manba ma'lumotiga köra, Jounsning ketişi kompaniya içidagi mojarolar va muammolar bilan boğliq. Jouns vaziyat u prezident lavozimiga rozi bölgan holatdan söng ança murakkablaşib ketganini tuşungan.

Reuters ma'lumotiga köra, iste'foga Uber asosçisi Trevis Kalanik öziga boşqaruvda yordam berişi mumkin bölgan operatsion direktorni topmoqçi ekani sabab bölgan.

Öz navbatida, Jounsning Facebook’dagi sahifasi haydovçilarning şikoyatli izohlari bilan tölib ketgan.

Sönggi bir neça haftada Uber bilan boğliq qator mojarolar röy berdi, ular Donald Trampning muhojirlikka qarşi farmoniga kompaniya tomonidan bir qadar kutilmagan reaksiya bildirilganidan söng boşlandi hamda buning oqibatida 200 ming mijoz servisga boykot e'lon qildi. Bundan taşqari, kompaniyani uning rahbariyati jinsiy şilqimlikka köz yumayotgani va şovinistik tartib-intizomni qöllab-quvvatlayotganida ayblaşdi.

Şuningdek Alphabet ham Uber’ga qarşi da'vo arizasi bilan çiqdi. U kompaniya bölinmasi – Ottöni Waymo’dan avtomobillar uçun haydovçisiz boşqariş texnologiyasini öğirlaşda ayblamoqda.

Ma'lumot uçun, ötgan yilda Jyeff Jouns keyinçalik UberEverything rahbariga aylangan Rayan Greyvsni kompaniya prezidenti lavozimida almaştirgandi.