Yaponiya Xitoyning harbiy faolligi ortişiga qarşi yönaltirilgan hamda AQŞ, Buyuk Britaniya va Fransiya bilan hamkorlikdagi harbiy-dengiz maşqlarida iştirok etişini tasdiqladi. Bu mintaqada Ikkinçi jahon uruşidan söng eng yirik maşqlarga aylanadi, deb xabar bermoqda Kiodo agentligi.

Fransiya prezidenti Fransua Ollandning Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe bilan Parijda bölib ötgan muzokaralarida Yaponiyaning tört tomonlama maşqlardagi iştiroki “juda muhim voqea” deb ataldi.

Xabarlarga köra, qirğoqqa çiqiş bilan keçadigan maşqlar mayning ikkinçi va uçinçi haftasida, Tinç okeanining ğarbiy qismida ötkazilişi rejalaştirilgan hamda u Xitoyning mintaqadagi harbiy kengayişiga qarşi qaratilgan. Yaponiya va qator boşqa davlatlar Pekinning faolligi u yerdagi xavfsizlik va kemalarning erkin harakatlanişiga tahdid qilişidan xavotirda.

Fransiya maşqlarga “Mistral” turkumidagi yirik kreyserni jönatadi. Kiodoning xabar berişiça, yaponiyalik yetakçi Olland bilan Hind va Tinç okeani jahon hamjamiyatiga tegişli ekani va kemalar harakati xavfsizligi borasida kömakka muhtoj ekani haqidagi fikrga qöşilgan.

Yaponiya va Fransiya yetakçilari şuningdek atom energiyasi va xavfsizlik sohasida ham hamkorlik qilişni rejalaştirişgan.

Abening matbuot anjumanida ma'lum qilişiça, ikki mamlakat ASTRID loyihasi doirasida tezkor neytronlardagi reaktorni işlab çiqişda birgalikda iştirok etadi. Bundan taşqari, ikki davlat yetakçilari maxsus kelişuvni imzolaş marosimida iştirok etişdi, unga köra Yaponiyaning Mitsubishi Heavy Industries va Japan Nuclear Fuel korporatsiyalari Fransiyaning AESlar uçun reaktorlar yaratiş va ularga xizmat körsatiş bilan şuğullanuvçi AREVA kompaniyasining 5 foizini xarid qiladi.