Har kuni dunyoda 5 yoshgacha bo‘lgan 800 dan ko‘proq bola toza ichimlik suvi va gigiyena vositalari yo‘qligi sababli diareyadan (ich ketish) halok bo‘lmoqdalar. Bunday raqamlar YUNISEFning 22 mart – Butunjahon suv kunida chop etilgan ma'ruzasida keltirilgan.
2040 yilga kelib dunyo bo‘ylab 600 mln ga yaqin bola suv zaxiralari juda cheklangan hududlarda yashaydi va bu holat kasalliklar va o‘limlarga olib kelishi mumkin, deb aytilgan ma'ruzada.
Hujjatda bolalar hayoti va farovonligiga suv manbalarining tugab borishi va iqlim o‘zgarishlari bilan bog‘liq holda xavf soladigan tahdidlar ko‘rib chiqilgan.
Ma'ruza ma'lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda 36 ta davlatda aholining suvga talabi taklifdan ancha ko‘proqni tashkil qilmoqda.











