Andijon viloyati Qörğontepa tumanidagi nogironligi bölgan bolalar uçun “Ğamxörlik” markazida tarbiyalanuvçilarga jismoniy zöravonlik qilingan va stolga boğlab qöyilgan. Kun.uz'ga kelib tuşgan videolarda nogironligi bölgan bolalarga nisbatan ayovsiz munosabatda bölingani, ular kaltaklangani aks etadi.
Tarbiyaçilar qöllarida kaltak bilan bolalarni nazorat qilişgan. Erkak xodim bolalardan birini uloqtirib yuborganini köriş mumkin. Videolardan birida bola tarbiyaçining yelkalarini uqalayotgani ham körinadi. Bolalar majburan boğlab qöyilgan.

Bundan taşqari, Kun.uz bilan boğlangan murojaatçining aytişiça, tarbiyalanuvçilardan biri texnik xodim tomonidan kameralar yöq xonada kaltaklangan. Voqeani boşqa tarbiyalanuvçi körgan va bu haqda boşqa xodimlarga işoralar orqali xabar berişga uringan. Kaltaklangan bola ruhiy kasalliklar şifoxonasiga yuborilgan. Uning onasi markazga IIB xodimi bilan kelganda esa bolani olib ketişiga va tibbiy ekspertizaga murojaat qilişiga ruxsat berilmagan. Aks holda bola markazdan batamom ketişini aytib, tahdid qilingan. Hozirça bu daʼvolar rasman tasdiqlanmagan, ammo markaz faoliyatini çuqur tekşiriş zarurligini körsatadi.

Murojaat muallifi voqeaga aloqador kamera yozuvlari öçirilganini aytmoqda.
Agentlik: 7 nafar xodim işdan böşatildi
Ijtimoiy himoya milliy agentligi holatni tasdiqladi va rasmiy munosabat bildirdi. Agentlikning hududiy boşqarmasi ötkazgan örganiş natijalariga köra, videolarda aks etgan 6 nafar tarbiyaçi va 1 nafar hamşira egallab turgan lavozimidan ozod qilingan. Ular bilan tuzilgan mehnat şartnomalari qonunçilikda belgilangan tartibda bekor qilingan. Tarbiyaçi xodimlarning iş faoliyatini yetarliça nazorat qilmagan masʼul xodimlarga nisbatan intizomiy çoralar körilgan. “Ğamxörlik” markazida bolalar uçun möljallangan öyin maydonçalari atrofiga qöşimça kuzatuv kameralari örnatilgan.













