14-22 mart kunlari Özbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaşni nazorat qiliş va muvofiqlaştiriş xizmati mas'ul xodimlari iştirokida Qaşqadaryo va Toşkent viloyatlari hamda Toşkent şahrida oçiq muloqot tarzida sayyor qabullar ötkazildi.

Xususan, 14-15 mart kunlari Qaşqadaryo viloyatining Mirişkor, Dehqonobod, Çiroqçi tumanlari hamda Qarşi şahrida, 18 mart Toşkent şahrida, 19 va 22 mart kunlari Toşkent viloyatining Böka va Böstonliq tumanlarida ana şunday oçiq muloqotlar ötkazildi. Uşbu tadbirlardan közlangan asosiy maqsad fuqarolarimiz tomonidan örtaga qöyilayotgan muammolarni joyida körib çiqiş va qonunda belgilangan tartibda hal etişdan iborat böldi.

Foto: facebook.com/Xalq bilan muloqot

Viloyat, tuman va şahar hokimlari, huquqni muhofaza qiluvçi idoralar, tegişli boşqarma va taşkilotlar rahbarlari qatnaşgan muloqotlarda asosan Özbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi hamda Xalq qabulxonalariga şikoyat va arizalar bilan murojaat etgan 3 ming nafardan ziyod fuqarolar iştirok etib, ular özlarini qiynab kelayotgan turli muammo va masalalar yuzasidan mutasaddi taşkilotlar rahbarlariga bevosita murojaat etiş imkoniga ega böldi.

Foto: facebook.com/Xalq bilan muloqot

Tadbirlar davomida davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev tomonidan xalq bilan muloqot qiliş va aholining murojaatlari bilan işlaş borasida qöyilayotgan talablar yuzasidan tuşunçalar berilib, barça darajadagi rahbarlar xalq taşvişi bilan yaşaşi lozimligi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qiliş ular faoliyatining asosiy mezoni bölişi kerakligi, ular fuqarolar bilan yaqindan muloqot qilib, ularning yuragiga, köngliga kirib borib, kötarilayotgan masalani çuqur örganib, qonun doirasida qisqa muddatda hal qilişi kerakligi alohida ta'kidlab ötildi.

Foto: facebook.com/Xalq bilan muloqot

Sayyor qabullar davomida aholidan uy-joy, yer masalalari, namunaviy loyihalar asosida barpo etilayotgan uy-joylardan oliş, sud-huquq masalalari, kredit, bandlik, kommunal xizmatlar, tadbirkorlik, moddiy yordam, bepul ixtisoslaşgan tibbiy yordam körsatiş masalalari böyiça eng köp marojaatlar tuşdi.