22 mart kuni London markazida, Vestminster tumanida sodir etilgan hujumlar oqibatida 4 kişi halok böldi, 40 kişi jarohatlandi, terrorçining özi yöq qilindi.

Şu bilan birga mamlakat boş vaziri Tereza Meyning ma'lum qilişiça, mamlakatda terrorçilik tahdidi yuqori emas.

22 mart kungi voqealar Buyuk Britaniyada 2005 yilning 7 iyulidagi voqealardan beri eng qonlisi böldi.

Voqealar xronologiyasi

Mahalliy vaqt bilan soat 14:40da (Toşkent vaqti bilan soat 19:40) sayyohlar gavjum hududda Vestminster köprigida harakatlanayotgan maşina odamlar ustiga yura boşladi, u bir qança kişini bosib ötib, trotuar çetidagi tösiqqa urildi. Maşina harakatlanişda davom etib, parlament binosi oldida töxtadi va undan çiqqan terrorçi politsiyaga ikkita piçoq bilan qurollangan holda hujum qildi. Politsiyaçi olingan jarohatlardan keyinçalik vafot etgan, boşqa bir politsiyaçi terrorçini otib taşlagan.

Tereza Meyning sözlariga köra, terakt uçun joy tasodifan tanlanmagan. "Terrorçilar hujum nuqtasini tasodifan tanlaşmaydi, aynan şu yerda, poytaxtimiz markazida, parlament binosi atrofida turli madaniyatlar vakillari töplanişadi, bu bizdagi demokratiya ifodasi hisoblanadi", degan boş vazir millatga murojaatida.

Teraktdan keyin politsiya parlament binosini hamda boş vazir qarorgohini örab oldi, "Vestminster" metro bekati va atrofdagi köçalar yopildi, "London közi" majmuasi faoliyati töxtatildi.

Londonda terakt. Hujum tafsilotlari (onlayn)

Avvaliga OAVda paydo bölgan xabarlar bir-birini inkor qilardi. Dastlab köprikda otişma röy bergani haqida yozildi, keyinroq piçoq bilan qurollangan şaxs odamlarga hujum qilgani aytildi. Bu xabarlar natijasida bir neça nuqtada bir neça terrorçi harakatlanayotgani haqida tasavvurlar paydo böldi.

Bu savollarga soat 18:00da aniqlik kiritildi. London politsiyasi boşliği örinbosari Mark Rouli brifingda bayonot berdi. "Biz bunday hodisa heç qaçon röy bermasligiga umid qilgandik, ammo afsuski, bu röy berdi", dedi u matbuotga murojaatida.

"Jarohatlanganlar soni 40 nafar, ular orasida oğir jarohatlanganlar bor. 5 kişi halok böldi, ulardan biri parlament binosida qöriqçilik qilgan politsiyaçi Kit Palmer edi", degan u keyingi bayonotida.