Buyuk Britaniya parlamenti binosiga qurollangan şaxs hujum qilgan, u yölda avtomobil bilan odamlarni bosib ötgandi. 

Reuters fotomuxbiri avvaliga parlamentga olib boruvçi köprikda kamida 12 kişini jarohatlangan holda körganini xabar qildi. Boşqa bir britaniyalik jurnalistning periskopida köriş mumkin ediki, Vestministr saroyi atrofi politsiyaçilar tomonidan örab olingan. Parlament binosi yopilgan,  osmonda vertolyotlar uça boşlagan.

Britaniya parlamenti oldida otişma röy berdi, qurbonlar bölişi mumkin

Ma'lum bölişiça, noma'lum şaxs parlamentga ketişda tezlik bilan yurib, odamlarni bosib ketgan. «Bi-bi-si» ma'lumotiga köra, buning oqibatida 5 kişi halok bölgan. U yölida davom etib parlament binosiga piçoq bilan qurollangan holda hujum qilgan, uni otib öldirişgan.

Daily Mail ma'lumotiga köra, hujum Vakillar palatasi binosi içkarisida röy bergan, yerda 3 kişining jasadini körişgan.

The Mirror parlament binosida xaos yuzaga kelgani haqida yozdi.

«London xaos içida». Bryussel voqealariga 1 yil tölgan kundagi terakt (foto)

Xabarlarga köra, hujum qiluvçilar 2 kişi bölgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda bu hujum Bryusseldagi teraktga 1 yil tölgan kunda amalga oşirilganiga e'tibor qaratişmoqda.

Mamlakat boş vaziri Tereza Mey xavfsiz joyga köçirildi. Parlament deputatlari esa hamon yopiq eşiklar ortida qolmoqda.

London politsiyasi uşbu hodisani terakt sifatida baholadi.

«Politsiya fuqarolardan uşbu hududdan ketişni söraydi: Parlament maydoni, Uaytholl, Vestminster köprigi, Lambet köprigi, Viktoriya Strit va Viktoriya qirğoği ayni vaqtda xavfsiz emas.

Soat 14:40 (Toşkent vaqti bilan soat 19:40) politsiyaga Vestminster köprigidagi voqea haqida xabar kelib tuşdi. Buni qurolli hujum sifatida qabul qilişgandi.