JÇ–2018 saralaş bosqiçi «A» guruhi 6-turidan örin olgan Suriya – Özbekiston uçraşuvi oldidan Özbekiston terma jamoasi boş murabbiyi Samvel Babayan öyin borasida öz fikrlarini bildirib ötdi.

«Suriya hurmatga loyiq jamoa ekaniga nafaqat biz, balki butun Osiyo amin böldi. Toşkentda bölib ötgan öyinda taşabbusga ega bölişimizga qaramay, raqib himoyada mustahkam öyin namoyiş qilgandi. Jamoa tartibli öyin körsatadi, tarkibida esa individual mahoratga ega bölgan futbolçilar bor.

Asosiy maqsadimiz – JÇ–2018 final bosqiçiga çiqişdan iborat. Uşbu maqsadni röyobga çiqariş uçun harakat qilyapmiz. Şu sababli har bir bölajak öyin katta ahamiyatga ega. Şundan kelib çiqib, ertaga eng muhim öyin arafasida turibmiz. Ayni vaqtda Rossiyaga yöl oliş uçun neça oçko kerak ekanini hisoblaş örinsiz bölardi. Muhimi har bir öyinga tayyorgarlik körib, imkon qadar köp oçko oliş kerak. Oçkolarni esa saralaş bosqiçi yakunida hisoblaymiz», – deya fikrini bildirdi Babayan.

Eslatib ötamiz, Suriya va Özbekiston uçraşuvi 23 mart kuni Malayziyaning Malakka şahridagi Hang Jebat Stadium stadionida bölib ötadi. Öyin Toşkent vaqti bilan 17:00 da start olişi rejalaştirilgan.