“Finiks” himoyaçisi Devin Buker MBA doimiy çempionatining “Boston”ga qarşi keçgan uçraşuvida 70 oçko yiğişga muvaffaq böldi. 20 yoşli basketbolçi Assotsiatsiya tarixida bu körsatkiçga erişgan eng yoş öyinçiga aylandi.

“Finiks” yakunda “Boston”ga 120:130 hisobida imkoniyatni boy berdi. Devin Bukerdan avval esa MBAdagi bir öyin vaqtida 70 hamda undan köproq oçkoni Uilt Çemberlen, Kobe Brayant (olti marta), Devid Tompson, Eljin Beylor va Devid Robinson yiğişga muvaffaq bölgan. Bu körsatkiçga erişgan sönggi basketbolçi esa Braynt böldi, u 2006 yilda “Toronto”ga qarşi uçraşuvda 81 oçko yiqqan.

Buker esa “Boston”ga qarşi öyinda 40 urinişdan 21tasini aniq amalga oşirdi, şuningdek himoyaçi 24ta jarimadan unumli foydalangan. 

Amerika OAV 20 yoşli basketbolçini MBAning beş karra ğolibi Kobi Brayant bilan tenglaştira boşladi. Har ikki sportçining otasi avval MBAda öynaşgan, ular draftda 13-raqam ostida tanlangan, Brayant va Bukerning böyi ham bir xil – 198 sm. Ötgan yili esa Brayant Bukerga “Afsonaga aylan” yozuvli krossovkalarni hadya qilgandi.

Yuqoridagi öyindan söng “Finiks” öyinçilari xuddi bellaşuvda ğalaba qozongandek bayram uyuştirişdi. “Heç qaçon mağlub bölgan öyindan söng bunçalik quvongan basketbolçilarni körmaganman”, - deya yozdi “Boston” hujumçisi Jyey Krauder Instagram’da. Buker esa bunga şunday javob qaytardi: “Sen meni töxtatib qola olmaysan”.