24 mart kuni Tatariston poytaxti Qozondagi porox zavodida yonğin çiqdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. 

Dastlabki ma'lumotlarga köra, bir kişi halok bölgan.

Yonğin haqidagi xabar Moskva vaqti bilan soat 20.27da kelib tuşgan. 400 kvadrat metr maydonni qamrab olgan yonğin öçirilgan. Yonğin tayyor mahsulotlar tsehida boşlangan.

Prokuratura uşbu holat yuzasidan tekşiruv boşlagan. 

Qozondagi porox zavodi Rossiyadagi eng qadimgi porox zavodi hisoblanadi. Zavodda işlab çiqariluvçi asosiy mahsulotlar porox va öqotar, aviatsiya, dengiz, artilleriya, tank qurollari, yaqin masofadan jang qiliş tizimlari, sport va ov öqlarining otuvçi zaryadlari hisoblanadi.

Zavodga 1788 yil asos solingan. U faoliyati davomida bir neça marotaba yonğin içida qolgan. Zavodda 1917 yilda sodir bölgan yonğin eng vayronakori hisoblanadi. "Qozon fojiasi" deb nom olgan bu falokatda zavodning köplab işçilari va yon-atrofdagi aholi jabr körgan, zavod direktori general-leytenant V.V.Luknitskiy halok bölgan.