Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya AQShga yadro hujumi bilan tahdid qildi
Qo‘shma Shtatlarning KXDRga ogohlantiruvchi zarba berish bo‘yicha harakati “halokatli oqibatlarga olib keladi”. Bu haqda Shimoliy Koreya tinchlik uchun milliy qo‘mitasi vakili bayonotida aytiladi, u “Nodon sinmun” gazetasida e'lon qilindi.
U AQShdan “KXDRga qarshi yo‘naltirilgan harbiy harakatlarni to‘xtatish va Koreya yarim oroli hamda uning atrofida joylashgan yadro vositalarini darhol olib chiqib ketishni talab qildi”.
“AQSh aql bilan ish ko‘rgani ma'qul hamda halokatli oqibatlar haqida o‘ylab ko‘rishi kerak”, - deya ta'kidlab o‘tgan qo‘mita vakili. Uning shuningdek ogohlantirishicha, “bunday harakatlar bo‘yicha hattoki kichik urinishlar payqalsa ham Pxenyan tajovuzkorlar va fitnachilarning barcha bazalariga yadro hujumi uyushtiradi”.
AQSh va Janubiy Koreya QK 13 mart kuni Key Resolve muntazam qo‘shma qo‘mondonlik-shtab mashqlarini boshlashdi. U Koreya yarim oroli hududida Amerika qo‘shinlarini favqulodda kuchaytirish imkoniyatini tekshiruvdan o‘tkazishga qaratilgan. Mashqlar 1 mart kuni start olgan Foal Eagle dala mashqlari bilan bir vaqtda o‘tkazilmoqda. Ularda barcha turdagi qo‘shinlar ishtirok etmoqda.
Foal Eagle mashqlari davomida 5015 tezkor rejasi bo‘yicha ishlanmoqda, u favqulodda vaziyatlarda KXDR raketa va yadro bazalariga zarbalar berishni nazarda tutadi. Tomonlar shuningdek raketaga qarshi mudofaa sohasida ham mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.
Mavzuga oid
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
15:12 / 09.06.2026
Amerika biznesi O‘zbekiston loyihalariga qiziqishni kuchaytirmoqda - Saida Mirziyoyeva
13:13 / 09.06.2026