Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Londonda navbatdagi fojia: haydovchi odamlarni bosib ketdi
Londonning Inslington tumanida haydovchi odamlarga borib urildi. Voqea joyiga politsiya kuchlari tortilgan. Voqea oqibatida kamida 4 kishi jarohat olgan, deb xabar bermoqda Breaking News nashri.
Bu voqea Britaniya parlamenti binosiga olib boruvchi Vestminster ko‘prigida terrorchi tomondan odamlar avtomobilda bosib ketilgandan 3 kun o‘tib yuz berdi. Biroq politsiya hozircha xulosa chiqarishga shoshmayapti. U yerda aytishilicha, bu ikkinchi terakt bo‘lgani haqida gapirishga ertalik qiladi. Ehtimol, oddiy yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Mashina haydovchisi hibsga olingan. U ataylab odamlarni bosgani yoki boshqaruvni qo‘ldan chiqargani aniqlashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 22 martdagi fojiada Xolid Masud ismli terrorchi odamlarni mashinada bosib ketishi oqibatida 4 kishi halok bo‘lgandi, 50 ga yaqin kishi jarohat olgandi.
Mavzuga oid
12:53 / 18.12.2025
Toshkent–London havo qatnovi kengaydi: haftasiga 5 ta reys
09:50 / 24.11.2025
Zaha Hadid Architecs O‘zbekistondagi loyihalarni kengaytirishi mumkin
15:42 / 22.11.2025
Toshkent-London-Toshkent yo‘nalishidagi reys texnik nosozlik sabab kechikmoqda
21:53 / 19.11.2025