Bugun, 26 mart kuni Rossiyaning 70 şahrida bir neça ming kişi Aleksey Navalniy va Korrupsiyaga qarşi kuraşuvçi fondning «U sizga Dimon emas» filmi bilan boğliq aksilkorrupsiya aksiyalarda iştirok etmoqda. TJ naşri vaziyatni kuzatib, ijtimoiy tarmoqlardagi norozilik namoyişlaridan qator suratlarni taqdim etmoqda.
Moskva
Poytaxtda Tver köçasida aksiya boşlangunga qadar uning ba'zi iştirokçilari qölga olindi. Tez orada politsiyaçilar Aleksey Navalniyning özini ham avtozakka joylaştirişdi.
Manbaga köra, Puşkin maydonida bir neça ming kişi töplangan, politsiya közdan yoş sizdiruvçi gaz va töqmoqlarni qöllay boşladi. IIVning Moskva şahri boş boşqarmasi 7-8 ming iştirokçi qatnaşayotgani töğrisida xabar berdi.
Hozirga qadar 130 ga yaqin iştirokçining qölga olingani haqida ma'lumot berilgan.




Sankt-Peterburg
Sankt-Peterburgning Mars maydonidagi namoyişda 6-10 ming kişi iştirok etmoqda. Bir neça kişi qölga olingan, ularning aniq soni haqida ma'lumot yöq.
Keyinroq taxminan 2 ming kişining Qişki saroyga yöl olgani haqida xabar berildi.






Yekaterinburg
Yekaterinburgda faollar Mehnat maydonida namoyiş ötkazişni muvofiqlaştirişga urinişdi, biroq ma'muriyat, keyin esa viloyat va tuman sudlari bu taşabbusni rad etişdi.
Şunga qaramay, şahar markazida, turli baholarga köra, 2.5 ming kişi töplangan. Maydondagi namoyişdan keyin iştirokçilar Yeltsin markaziga qarab yurişgan.






Çelyabinsk
Çelyabinskda namoyiş ötkaziş taqiqlangani sabab tadbir iştirokçilari "xalq sayllari" ötkazişgan. Ularda mingdan ortiq kişi qatnaşdi.
Şahar ma'muriyati faollar sörov bergan joyda namoyiş ötkazişga rozilik bermadi, şu bilan birga uni ötkaziş uçun muqobil joy ham taklif qilmadi. Meriya vakilining izoh berişiça, 26 mart kuniga şahardagi 80 maydonda ommaviy tadbirlar ötkazilişi rejalaştirilgan.


Vladivostok
Primore poytaxti aksilkorrupsiya aksiyalari ötgan birinçi şaharlardan biri böldi. "OVD-Info" ma'lumotiga köra, bu yerda 40 nafarga yaqin kişi qölga olingan. Qatnaşçilarning umumiy soni 1,5 ming kişi deya baholangan.
Frunze tuman politsiya bölimi oldida mingga yaqin kişi töplandi. Namoyişçilar orasida nafaqat faollar, balki oddiy yölovçilar, maktab öquvçilari va nafaqaxörlar ham bor.


Krasnodar
Kuban poytaxtida faollar namoyişni muvofiqlaştirişmadi, ular şahar hukumati tomonidan tasdiqlangan "Yaşaş uçun 100 sabab" aksiyasiga qöşilişga qaror qilişdi. Turli taxminlarga köra, aksiyada mingga yaqin kişi qatnaşgan.

Volgograd
Volgograd aksilkorrupsiya mitingi guruhidan ma'lum qilişlariça, politsiya 22 kişini qölga olgan. Maxsus politsiya bölimi jismoniy kuç qöllaşga majbur bölib, ba'zilarning qölini sindirişgaça borgan.
















