Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlud Çavuşöğlu "faşizmga botgan Yevropa jarlikka qulamoqda", deb aytdi.
Anataliyada nohukumat taşkilotlari vakillari bilan uçraşgan Çavuşöğlu ötgan haftada Şveytsariya poytaxti Bernda federal parlament binosi oldida Kurdiston işçi partiyasi ötkazgan aksiyaga izoh berdi. Aktsiyada Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanni jazolaşga çaqiriqlar yangragan. Şundan keyin Şveytsariyaning Anqaradagi elçisi Turkiya taşqi işlar vazirligiga çaqirtirilib, unga qat'iy norozilik bildirilgan.
"Şveytsariyadagi voqea nomaqbuldir. Men Şveytsariya taşqi işlar vaziri Dide Burkxalterga qönğiroq qildim. U bu haqda heç narsa bilmasligini aytgan. Biz unga fotosuratlarni yubordi. Bu faşizm bölmasa, unda nima? Afsuski, bu Yevropa yetib kelgan narsadir. U jarlikka qulamoqda va biz bu haqda aytganimizda, bu ularga oğir botadi. Ular qumdan boşlarini çiqarişsa bölardi", deb aytgan Çavuşöğlu.
Çavuşöğlu, şuningdek, Yevropa Ittifoqining Turkiyaga nisbatan siyosatini ham tanqid qilgan. "Agar siyosiy partiya, boz ustiga sotsialistik talqindagi partiya faşizmga qarab ketsa, unda Yevropa falokat yoqasida. Yevropa terror, zöravonlikni rağbatlantiradi, uning nomiga tanqid bildirilganda esa "Nima uçun Turkiya biz haqimizda gapirmoqda?" deb hayron ham böladi. Biz haqiqatni gapiramiz. Agar siyosiy partiya parlamentda Erdöğanga qarşi poster ilib qöysa, bu nimani anglatadi? Bu faşizm emasmi? Axir bu terrorçilik taşkilotini qöllab-quvvatlaş yoki unga şeriklik qiliş emasmi? Bu Yevropa terror, terrorçilik taşkiloti bilan bir yöldan borişini anglatadi", deb aytgan Turkiya vaziri.
Çavuşöğlu Anqara KIPning Şveytsariyadagi aksiyasi tergovi ortidan sinçkovlik bilan kuzatayotganini qöşimça qildi.












