Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasiga muvofiq “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oşirişga oid davlat dasturi”ning 279-bandi ijrosini ta'minlaş maqsadida, joriy yilning 31 mart kuni yoşlarning davlat hokimiyati organlari rahbarlari bilan ijtimoiy tarmoqlarda töğridan-töğri uzatiladigan oçiq muloqoti taşkil etiladi.
Dastlabki muloqot 2017 yilning 31 mart kuni soat 11:00 da Toşkent şahridagi “Zarafşon” saroyida ötkazilişi rejalaştirilgan. Oçiq muloqot mavzusi: “Yoşlarda tadbirkorlik könikmalarini şakllantirişga kömaklaşiş va ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etişda yoşlarga oid davlat siyosatining ustuvor vazifalari”
Uçraşuvda Özbekiston Respublikasi Markaziy banki boşçiligida tijorat banklari, Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi, Özbekiston Savdo-sanoat palatasi, Özbekiston Respublikasining xususiylaştiriş, monopoliyadan çiqariş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi iştirok etadi.
Sizda davlat hokimiyati organlari rahbarlariga sohaga doir savol, taklif yoxud yeçimini kutayotgan muammolaringiz bormi?
Unda sizda quyidagi yöllar bilan oçiq muloqotda iştirok etişingiz va faoliyatingizdagi muammolarga yeçim topiş imkoniyati mavjud:
1. Telegram ijtimoiy tarmoği orqali murojaatlaringizni videolavha (video-selfi), ovozli yoki yozma ravişda +99895 170-90-23 raqamiga jönatişingiz;
2. Facebook ijtimoiy tarmoğidagi opendialog.uz sahifasi orqali töğridan-töğri oçiq muloqotga kirişişingiz;












