Istanbul Photo Awards-2017 fototanlovi ğoliblarining nomi e'lon qilindi. "Anadolu" agentligi tomonidan uçinçi marta ötkazilgan tanlov hay'atiga 25 ming surat taqdim etildi. 

Hakamlar hay'ati sakkiz nominatsiya böyiça ğoliblarni aniqlaşdi. 

Hay'atning 19-22 mart kunlari Kappadokiyada olib borgan işi davomida har bir yönaliş böyiça uçtadan fotolavhalar tanlab olindi. 

"Yangilik surati" yönalişi böyiça "IŞIDdan qoçiş" surati muallifi fransiyalik suratkaş Frederik Lafarj ğolib böldi. 

Gretsiyalik suratkaş Aris Messinis AFP agentligi uçun olgan "Örta yer dengizidagi halokat" surati bilan "Seriyali yangiliklar" nominatsiyasida ğolib sifatida e'tirof etildi. 

"Bir yangilik" nominatsiyasida Adam Prettining Getty Images uçun olgan "Sath ostida" surati ğolib böldi. 

"Sport" nominatsiyasida - Patrik Smit, "Seriyali portret" yönalişida Meri Gelman ğalabani qölga kiritişdi. "Bir portret" nominatsiyasida ğolib aniqlanmadi. 

"Tabiat va atrof-muhit" nominatsiyasidagi mukofotlarni Kemal Jyufri "Yetim maymunlar haqida qayğuriş" va Jonni Miller "Papwa Sewgolum golf maydoni" suratlari bilan qölga kiritişdi. 

"Yoş suratkaş" nominatsiyasida ğazolik frilanser Xosam Salim "Ğazo köçasidagi öquv maşqi" surati uçun  mukofotlandi.

Istanbul Photo Awards-2017 tanloviga Turkish Airlines (THY) aviakompaniyasi va Turkiya hamkorlik va muvofiqlaştiriş agentligi (TİKA) homiylik qildi. 

Tanlovning mukofot puli 133 AQŞ dollarini taşkil qiladi. 

Har bir nominatsiya ğolibi 8 ming dollarga ega böladi, ikkinçi örin sohiblari - 5 ming dollardan, uçinçi örin egalari esa 3 ming dollar bilan mukofotlanişadiyu

Bundan taşqari, "Yil suratkaşi" nominatsiyasi ğolibi 10 ming dollarni qölga kiritadi. 

Joriy yildagi tanlov dasturiga yangi nominatsiyalar qöşildi - "Portret", "Tabiat va atrof-muhit".