So‘nggi yillarda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va meva-sabzavotlarni qayta ishlash va ularni quritish, qadoqlash vositasida qo‘shimcha qiymat qo‘shilgan holda eksport qilish ishlari jadal rivojlanmoqda. Bu kabi ishlarni amalga oshirishda qo‘l keladigan turli xil texnika vositalari va jihozlari ham ko‘plab taklif etilayotgani sir emas. Mevalar, yong‘oqlarni quritish, ularni saqlash  borasida bozorda turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan har xil asbob-uskunalar mavjudligi tadbirkorni biroz chalg‘itishi bor gap. 

Xalqimizda “ish quroling soz bo‘lsa, mashaqqating oz bo‘lar” degan naql bor. Shunga ko‘ra, meva-sabzavotlar, danak, yong‘oq mag‘izlarini qovurish, ularni saqlash, qadoqlashga ixtisoslashgan firma mahsulotini qidirayotganlar diqqatiga 1982 yilda Turkiyada tashkil etilgan Pamukkale mashinasozlik kompaniyasini havola qilamiz. 

«PAMUKKALE KURUYEMİŞ MAKİNA SAN.TİC.LTD.ŞTİ» — uskunalar ishlab chiqarish sohasida o‘z o‘rnini mustahkam egallagan firmadir. U 35 yillik tajribaga ega kompaniya bo‘lib, mevalar, yong‘oqlarni quritish uchun qurilma va asbob-uskunalar, shuningdek, turli xil bunkerlar, boylerlar, quritilgan oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun idishlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. 

Shu bilan birga, e'tiborli jihati, quritilgan oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlash sohasi uchun tovali pechkalar, tuzlash uskunalari, saralash tasmalari va quritish uchun pechkalarni ishlab chiqishda eng yangi va zamonaviy texnologiyalar, takomillashgan usullar qo‘llaniladi. «PAMUKKALE KURUYEMİŞ MAKİNA SAN.TİC.LTD.ŞTİ» asbob-uskunalarni ishlab chiqishda mevalarni quritish uchun bir qarashda unchalik zarur bo‘lmagan mayda detallarga ham e'tibor qaratadi. Sohada o‘z o‘rniga ega bo‘lgan kompaniya qattiq no‘xat, ziravorlar qo‘shilgan mahsulotlar va sohada qo‘llanilishi uchun kerakli liniyalarni tayyorlab, o‘rnatib beradi. Ta'kidlash o‘rinliki, kompaniya faoliyati, birinchi navbatda, mevalarni quritish uchun mo‘ljallangan. 

Bundan tashqari, «PAMUKKALE KURUYEMİŞ MAKİNA SAN.TİC.LTD.ŞTİ» o‘z mahsulotlari uchun ta'mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini ham ajoyib tarzda yo‘lga qo‘ygan. Shuningdek, firma holva va lukum kabi sharqona shirinliklarni tayyorlash uchun kunjutni qayta ishlaydigan uskunalarni ishlab chiqaradi. Toblangan po‘latdan turli o‘lchamdagi sig‘imli idishlar va bug‘ qozonlari ham tayyorlanadi. 

Alohida qayd etish joizki, yuqorida sanalganlar «PAMUKKALE KURUYEMİŞ MAKİNA SAN.TİC.LTD.ŞTİ» tomonidan ishlab chiqariladigan qurilma va uskunalarning ayrimlaridir, xolos.