Özbekistonning Belgiyadagi elçixonasi xodimlari Kortreyk şahrida taşkil etilgan politsiya, kuzatuv, xavfsizlik, favqulodda xizmatlar va tabiiy ofatlarga javob beriş bölinmalari uçun möljallangan moslamalar — INFOPOL|XPO körgazmasida iştirok etdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
Uşbu körgazma 1995 yildan beri muntazam taşkil etib kelinadi. U Benilyuks mamlakatlaridagi barça xavfsizlik tizimida qaror qabul qiluvçilar va soha böyiça xarid menejerlari uçun politsiya, kuzatuv va xavfsizlik uskunalarining yirik xalqaro körgazmasi sanaladi.
Joriy körgazmada 30 ga yaqin davlatdan 100 dan ortiq ixtisoslaşgan kompaniya va dilerlik taşkilotlari tomonidan transport, maxsus individual jihozlar, aloqa, tibbiy tez yordam, öt öçiriş vositalari, kuzatiş va yöl harakati nazorat qiliş tizimlarining eng zamonaviy namunalari taqdim qilindi.
Özbekiston diplomatlari tadbir doirasida 10 dan ortiq kompaniya vakillari bilan uçraşuvlar ötkazişdi. Ularda ilğor xorijiy tajribani örganiş va ularning mahsulotlarni Özbekistonda işlab çiqarişni yölga qöyiş imkoniyatlari muhokama qilindi.
Körgazma iştirokçi qator kompaniyalar Özbekiston bilan hamkorlik qilişga qiziqiş bildirib, özaro aloqalarni yölga qöyiş böyiça batafsil muzokara ötkazişga tayyorligini bildirdi.












