“Özbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasi taşabbusi bilan kalibrlaş va sinov uskunalarni işlab çiqiş va modernizatsiya qiliş dasturi doirasida taxograflarni qiyoslaş va kalibrlaş uskunasini xarid qildi. Bu haqda “Xalq sözi” yozmoqda.
Hozirgi kunga qadar mazkur davlat korxonasi qiyoslaş kalibrlaş imkoniyatiga ega emas edi. Taxograf — tezlikni, iş tartibini, haydovçilar va ekipajni dam oliş uçun möljallangan, avtotransport bortida işlaydigan vositalarda nazorat moslamasi vazifasini bajaradi.
“Özbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasining transport vositalarni analogli, elektronli va raqamli taxograflarni tekşiriş va kalibrlaşda vaqtni hamda harakatni ölçaş sohasida metrologik nazoratni ta'minlaş imkoniyati yaratildi. Endilikda yöl harakati iştirokçilarining hayoti va soğliğini asraş, yoqilği sarfining töğri va oqilona hisobini olib boriş, şuningdek, umumiy avariya hodisalarini kamaytirişga erişiladi.













