Hukumat qarori bilan Özbekiston hududiga import qilişda bojxona boji va qöşilgan qiymat soliğidan ozod etiladigan, öxşaşi respublikada işlab çiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar röyxati tasdiqlandi.

Import bojxona boji va qöşilgan qiymat soliğini tölaş böyiça imtiyozlar uşbu röyxatga maxsus kodlari (TIF TN) kiritilgan yangi texnologik uskunalarga qöllaniladi. 

Yangi texnologik uskunalar – “erkin muomalaga çiqariş” bojxona rejimiga bojxona rasmiylaştiruvi vaqtida işlab çiqarilganiga 3 yildan köp bölmagan texnologik uskunalar hisoblanadi.

Röyxatga 676 turdagi texnologik asbob-uskunalar, jumladan:

  • sutga işlov beriş va uni işlaş uskunalari;
  • non mahsulotlari, makaron, spagetti yoki şunga öxşaş mahsulotlarni işlab çiqariş uskunalari;
  • qandolat sanoati, kakao kukuni yoki şokolad işlab çiqariş uçun uskunalar;
  • göşt yoki parrandani qayta işlaş uçun uskunalar;
  • kalava böyaş maşinalari;
  • avtomatik tikuv maşinalari;
  • 50 kişidan ortiq, lekin 300 kişidan köp bölmagan yölovçi örindiqlariga ega bölgan fuqaro yölovçi samolyotlari kiritildi.