Vazirlar Mahkamasi qarori bilan hukumatning ayrim qarorlariga sanoat işlab çiqarişida xomaşyo uzluksizligini ta’minlaşga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.

Prezidentning «Sanoat işlab çiqarişida xomaşyo uzluksizligini ta’minlaş böyiça qöşimça qulayliklarni yaratiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga muvofiq, respublika hududiga import qilişda bojxona boji va qöşilgan qiymat soliğidan ozod etiladigan alohida asbob-uskunalar röyxati tasdiqlandi.

Mazkur röyxat öxşaşi respublikada işlab çiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalarni kiritiş hisobiga kengaytirildi. Ular:

  • ğildirakli, harakatlanadigan kötarma fermalar va portal yuk ortgiçlar;
  • minora kranlari;
  • töqimaçilik tolalarini transportirovka qiliş uçun pnevmatik kötargiçlar va konveyerlar;
  • tovarlar va materiallar uçun uzluksiz işlaydigan kovşli, tasmali, rolikli va boşqa elevator hamda konveyerlar;
  • poçta jönatmalarini saralaş, taxlaş yoki konvertlarga joylaş yoki örab boğlaş uçun maşinalar, poçta jönatmalarini oçiş, yopiş yoki muhrlaş uçun maşinalar hamda poçta markalarini yopiştiriş yoki hisobdan çiqariş uçun maşinalar;
  • özgaruvçan tok generatorlari (nominal çiqiş quvvati 375 kVAdan, 750 kVAgaça va 750 kVAdan yuqori); 
  • yuqori haroratli payvandlaş uçun maşina va apparatlar;
  • yölsiz şaroitlarda foydalaniş möljallangan, elektromexanik transmissiyaga ega (dizel va elektr dvigatellari örnatilgan), yuk kötariş quvvati 50 tonnadan yuqori bölgan yuk maşinasi (avtomobil-samosval);
  • issiqxona uçun uskuna va jihozlar.

Hujjatda investitsiyalarni jalb qiliş, sanoatni rivojlantiriş va savdoni tartibga soliş masalalari böyiça hukumat komissiyasiga qöşimça vakolatlar beriş belgilangan.