Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi uşbu mamlakatdagi AYoQŞlarining 30 foizini sotişni rejalaştirmoqda. Bunga ularning rentabelligi pastligi sabab qilib körsatilmoqda. Gap Rossiyaning markaziy hududlaridagi 700ga yaqin yoqilği quyiş şoxobçalari haqida borayotgan bölişi mumkin.
Rossiyadagi jami AYoQŞlarning 21 foizi – 2544ta yoqilği quyiş şoxobçasiga egalik qiluvçi kompaniya tarmoğining zarar keltirib işlayotgan bölinmalarini sotiş ustida boş qotirmoqda. Xususan, mamlakatning 7 mintaqasidagi şoxobçalaridan voz keçmoqçi. RBK agentligi suhbatdoşiga köra, bu Orenburg, Vladimir, Kostroma, Orlov, Bryansk viloyatlaridagi deyarli barça tarmoq hamda Moskva viloyati va Çuvaşiyadagi AYoQŞlarning bir qismidir.
Şu bilan birga, kompaniya Turkiyadagi tarmoğini kengaytiriş ustida işlayapti. Kompaniya prezidenti Vagit Alekperovning sözlariga köra, hozirda kompaniya Turkiyada 600dan ortiq yoqilği quyiş xoxobçasiga ega bölib, bu uşbu mamlakatdagi AYoQŞ bozorining 5 foizi demakdir.












