Gimnastikachi 9ta gantelni bir-birining ustiga joylagan holda ikkita minora hosil qilgan. Shundan so‘ng, eng tepasiga chiqib, akrobatika tryuklarini bajargan. 

Shu vaqtda, uzoqroqda keksa yoshli kishi basketbol savatchasiga jarima to‘plarini tushirgan. Nafaqaxo‘r 5ta to‘pni ham biror marta xato qilmasdan tushira olgan. Reddit foydalanuvchilarining ta'kidlashlaricha, keksa kishi kam kuch sarflab gimnastdan ko‘proq shuhrat qozongan.

Ayrimlar esa, sportchining harakatini keraksiz va xavfli deb atashgan. Chunki, ularning so‘zlariga ko‘ra, agar u omadsizlikka uchraganda sport zali ta'miri uchun katta pul to‘lashiga to‘g‘ri kelar edi.