Şvetsiya ğarbidagi Gyoteborg şahrida joylaşgan Volvo zavodi hududida yonğin röy berdi. Buning oqibatida taxminan 150 kişi xavfsiz joyga köçirildi, deb xabar bermoqda SVT telekanali.

Yonğin laboratoriya va batareyalar omborida Toşkent vaqti bilan 12.00da yuz bergan, keyinçalik öt yaqin atrofdagi xonalarga ötgan. Xodimlar kuçli zaharli tutun sababli öz iş joylarini tark etişdi. Ulardan heç kim jabrlanmadi.

Favqulodda hodisa röy bergan joyda taxminan 40 nafar öt öçiruvçi işlamoqda. 

"Tutun zaharli, şuning uçun okrugda istiqomat qiluvçi aholidan deraza va eşiklarni yopişni söramoqdamiz", - deya ma'lum qildi qutqaruv xizmati vakili Annika Buberg.

Bu Volvo bilan qisqa vaqt içida röy bergan ikkinçi şunday holat. Fevral oyida kompaniyaning töqnaşuvlarda xavfsizlik masalalari böyiça markazida kuçli yonğin röy bergandi.