Örta yer dengizida 147 nafar migrant bölgan rezina qayiq çökib ketdi. Buning natijasida bir kişidan taşqari barça yölovçilar ğoyib böldi. Yagona omon qolgan inson - 16 yoşli gambiyalik ösmir bölgan. Bu haqida Xalqaro migratsiya taşkiloti (IOM)ning çorşanba kuni bergan ma'lumotiga asoslanib, Daily Sabah naşri xabar berdi.
Ösmir seşanba kuni Ispaniya fregati, Kanar orollarida dengizdagi çiqindi bölagiga osilgan holda topilgan. U qirğoq mudofaasining kemasiga ötkazilgan va çorşanba kuni ertalab Sitsiliya orolidagi Lampeduza hududiga yetkazilgan.
"U topilganida juda ham holdan toygan edi. Ösmir hozir dam olmoqda, şuning uçun bu haqida keyinroq batafsil ma'lumot beriladi", - dedi IOM matbuot kotibi Flavio Di Jakomo.
"Bolaning aytişiça, 147 migrant ikki kun avval Liviyaning Sabratidan rezina qayiqda yölga çiqqan. Qayiqda 5 nafar bola va homilador ayollar ham bölgan", - dedi Di Jakomo.
Sönggi ikki kunda Italiya qirğoq mudofaasi qutqaruvçilari dengizdan 1100 dan ziyod migrantni olib çiqişgan. Qirğoq mudofaasi oxirgi qayiq halokatiga izoh bermagan.
IOM bahosiga köra, şu kunga qadar Şimoliy Afrikadan Italiyaga ötişga harakat qilgan 600 nafarga yaqin migrant halok bölgan. Ötgan yili halok bölganlar soni esa 4600 kişini taşkil qilgan. Italiyaga kelayotgan migrantlar soni ötgan yilning şu paytdagi körsatkiçiga nisbatan 50 foizga köpdir.









