Çeçeniston parlamenti mahalliy an'analar va e'tiqoddan kelib çiqib kiyinişga ruxsat berdi. Bu haqida qonunçilik organi matbuot xizmatiga asoslanib, RIA "Novosti" xabar berdi.
"Mazkur qonun loyihasi taşkilotlarning ta'limiy faoliyati samaradorligi va öquvçilarning konstitutsion huquqlarini ta'minlaşni yaxşilaşda inkor etib bölmaydigan yuridik hujjat bölib xizmat qiladi", - deya izoh berdi spiker Magomed Daudov.
Parlamentda yangi qoidalar "Rossiya Federatsiyasidagi ta'lim töğrisida"gi federal qonunga zid kelmasligi ta'kidlandi.
Rossiya maktablarida hijob va boşqa diniy kiyimlarda yuriş jamiyatda turli bahslarga sabab böldi. Yanvar oyi oxirida ta'lim va fan vaziri Olga Vasileva kişilar özining dinga bölgan munosabatini taşqi atributlar yordamida ta'kidlamasligi kerakligini aytgandi.
Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov vazirning sözlarini keskin tanqid qildi. U hijobga qarşi çiquvçilar maktablardagi boşqa muammolarni hal qilsa, maqsadga muvofiq bölişiga işora qildi.












