Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning «Örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori asosida respublikada 4 ta akademik litsey tugatiladi, 54 tasi esa kasb-hunar kollejiga aylantiriladi.

Tugatilayotgan litseylar röyxati ma'lum qilindi.

Aynan qaysi Akademik litseylarning faoliyati tugatilayotganligi ma'lum qilindi. Bular:
1.Andijon tibbiyot instituti qoşidagi 2-sonli Akademik litsey (öquvçilar soni - 547)
2.Samarqand davlat arxitektura-quriliş institut qoşidagi 2-sonli Akademik litsey (öquvçilar soni - 173);
3.Samarqand qişloq xöjalik instituti qoşidagi 2-sonli Akademik litsey (öquvçilar soni - 300);
4.Toşkent avtomobil yöllarini loyihalaş, quriş va ekspluatatsiyasi instituti qoşidagi Akademik litsey (öquvçilar soni - 307).

Qarorga köra, uşbu akademik litseylarning 1-bosqiçlariga öquvçilarni qabul qiliş 2017/2018 öquv yilidan boşlab töxtatiladi. Ya'ni yuqorida nomlari keltirib ötilgan öquv dargohlariga 9-sinf bitiruvçilari öqişga qabul qilinmaydi. Qolgan öquvçilar öz öqişlarini oxirigaça davom ettirişadi. 

Litseylardagi öquv guruhlaridagi öquvçilar soni çeklanadi

Prezident Qarori Akademik litseylarda öquv jarayoni sifati va samaradorligini tubdan oşiriş, akademik litseylarda umumta'lim maktablarining eng qobiliyatli bitiruvçilarini jamlaş, umumta'lim maktablari bitiruvçilarining tanlangan kasblar va mutaxassisliklarni egallab olişga bölgan ehtiyojini qondiriş uçun şart-şaroitlarni yanada kengaytiriş maqsadida qabul qilingan.

Litsey bitiruvçilariga sertifikatlar topşiriladi