Yaponiyalik figuraçi Yudzuru Xanyu Xelsinkida ötayotgan figurali uçiş böyiça jahon çempionatida erkaklar örtasida yakka çiqişda oltin medalni qölga kiritdi.

Ikki dastur natijasiga köra yaponiyalik sportçi 321,59 ball töpladi va özining erkin dasturdagi jahon rekordini yangiladi (223,20 ball). 2-örinni yana bir yaponiyalik figuraçi Sema Uno (319,31), 3-örinni xitoylik Tszin Boyan (303,58) qölga kiritdi.

Xanyu endilikda ikki karra jahon çempioniga aylandi.

Ta'kidlaş joizki, özbekistonlik figuraçi Mişa Ge 243,45 ball bilan 12-örinni egalladi.

Jahon çempionatining musobaqa qismi bugun, 1 aprelda yakunlanadi.