Porsche kompaniyasi maşinalari sinovlari qanday ötişi haqida sözlangan videorolikni namoyiş qildi. Kompaniya köplab tarixiy lahzalarni kiritgan videoda Vaysaxdagi sinov poligoni haqida sözlanadi.
Poligon 1966 yilda oçilgan. U maxsus aylanma maydonni öz içiga olgan. Bu maydonda avtomobilning boşqaruvçanligi, uning sirpaniş va keskin burilişlarda özini tutişi sinaladi hamda yon tomonlama yuklamalar ölçanadi. Poligon hududida yomon yöllarni imitatsiya qiluvçi ğadir-budirliklarga ega sinov treki, tuzli suv bilan töldirilgan hovuz bor. Avtomobil kuzovining pastki qismlarining yemirilişga bardoşligi va barça birikmalari işonçliligini tekşiriş uçun bu hovuzdan 30 km/soat tezlik bilan yurgazib ötiladi.
Bundan taşqari, poligonda aerodinamik tunnel va kraş-testlar ötkaziş uçun qurilma mavjud.











