Şvetsiyaning markaziy qismidagi Xeredalen viloyatida 50 dan köproq maktab öquvçisini olib ketayotgan avtobus yöldan çiqib ketib, ağdarilib ketgan. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

Yöl-transport hodisasi 2 aprel kuni ertalab Sveg şahridan 20 km uzoqlikda yuz bergan. Voqea joyiga 2 ta vertolyot va bir neçta tez tibbiy yordam maşinasi yetib kelgan. 

Mahalliy OAV ma'lumotlariga köra, avtobusda 8-sinflarning 50 dan köproq öquvçisi va 6 nafar katta yoşli odamlar bölgan. Ikki kişi şifoxonaga yetkazilgan. Umumiy hisobda 30 ga yaqin odam jarohat olgan.

Voqeaga nima sabab bölgani hali örnatilmagan.