Kreml hududlarga aksilterror mitinglar ötkazişni topşiriq qilmagan. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qilgan.

«Kreml mitinglar taşkillaştiriş bilan şuğullanmaydi. Agar mitinglar ötkazilsa, kimdir taşkillaştirgan böladi.

Menda esa bu borada Kremldan qandaydir signal berilgani haqida ma'lumot yöq, qolaversa, bunday mitingga hojat ham yöq», — degan u «Kommersant'» naşrida göyo prezident ma'muriyati 8 aprel kuni terrorizmga qarşi aksiyalar ötkazişni tavsiya qilgani haqida yozilgan xabarga munosabat bildirar ekan.

Peskov şuningdek, Federatsiya hududlarida aksilterror mitinglar taşkil qilinişi haqida xabar tarqatilmaganini qayd etib ötgan.

Kreml aksilkorrupsiya mitinglarini aksilterror mitinglarga «almaştirdi»