Rossiya prezidenti ma'muriyati vakili hududlar rahbarlariga 8 aprel kuni  aksilterror mitinglar ötkaziş böyiça tavsiya bergan. Bu haqda «Kommersant'» naşri Kremlga yaqin manbalariga asoslangan holda xabar bergan.

«Gubernatorlarga qönğiroq bölgan va ularga xalqni köçalarga çiqariş vazifasi berilgan», – degan manbalardan biri.

Namoyişlarda parlamentdagi partiyalarning barçasi iştirok etişi taxmin qilinmoqda. Tadbirlar mamlakatning barça yirik şaharlarida ötişi belgilangan. Ayniqsa, 26 mart kuni muxolif siyosatçi Aleksey Navalniyning boş vazir Dmitriy Medvedevga qarşi tekşiruvlarini qöllab-quvvatlagan kişilar aksilkorrupsiya namoyişlarini faol ötkazgan şaharlarda şunday kölamdagi aksilterror namoyişlar ötkazilişi kerakligiga urğu qaratilgan.

«Yedinaya Rossiya» partiyasi aksilterror aksiyalarda iştirok etişini tasdiqlagan. «Spravedlivaya Rossiya» «hozirça bunday buyruq kelmagani» haqida ma'lum qilgan. KPRF 8 aprel kuni Moskvada ijtimoiy tengsizlik «va boşqa muammolar»ga qarşi tadbirlar ötkazilişini bildirgan.

Mitinglarni taşkillaştiriş haqida bir neça hududiy ma'muriyatlarda aytilgan. Har bir hududdagi mitingda 4000-4500 ming nafardan kişi qatnaşişi rejalaştirilgan.