«Milliy tiklaniş» partiyasi rasmiy saytida jurnalist Azamat Ziyoning Özbekiston terma jamoasiga bağişlangan maqolasi çop etildi. Quyida uşbu maqola özgarişlarsiz e'tiboringizga havola etiladi.

Barçasiga şarhlovçi «aybdor»! Xitoy Janubiy Koreyani 1:0 ga yutdi, xuşxabarini berişi bilan «yo öçir, yo boşqa kanalga ol, bular odam bölmaydi, baribir yutqazadi», deb turganlarda ham qandaydir umid uçqunçalari paydo böldi. Aşaddiy işqiboz­lardan to «bor-e, senlarga essiz vaqt», deb kundalik yumuşini bajarişga çoğlanganlar-u futbol, umuman sportga qiziqişi yöq erinçoqlarning ham, «işqilib terma jamoamiz yutsin-da» orzusi bilan yaşovçi vafodor va tinçliksevar xotin-xalaj-u könglidan «ursa, yuv-yuv boşlanib ketardi» öğrinça xayolini ötkazgan baqqollarning ham, xullas, barçaning nigohi mö'jizakor yalpoq közguga tikildi. Tikilgan közga esa çöp tuşadi!

Tavakkalçilik, tasodif omillari muqarrar hayotning eng serqatnov  söqmoqlaridan biri — futbolda bölgani kabi teng şaroit, teng kuraşda omad biridan yuz ögirib, ikkinçisiga kulib boqdi. Buyoği ma'lum: raqiblar özida yöq xursand, biz tomonlarda esa futbol öyinidan keyingi «öyin» boşlandi, gina-kudrat, alam-dard, afsus-nadomat, ğaraz-manfaat, şaxsiyatçilik-guruhbozlik tepkilari çilparçin qilgan köngil toşoynalarining son-sanoği yöq.

Albatta, bular yarim hazil, yarim çin gaplar. Aslida hammasiga özimiz aybdormiz! Yutib tursa, özi tugul buva-buvisigaça avliyo, yutqazib qöysa bormi: «hammasi bir tiyin».

Futbol tabiatan şunaqa hunarki, öxşab tursa — mahorat, san'at, öxşamasa, padariga ming la'nat. Kezi kelganda, Messi ham tanqid-u malomatlar toşböronida qolganini körganmiz. Mövrinyo‘ «Çelsi»dan haydaladi, deb kim öylagandi? Ular oldida Odil Ahmedov, Babayanga yöl bölsin. Kimlardir, bizdagi futbol saviyasi Yevropa, Amerikaning oldi mamlakatlari singari bölsaydi, bir yutqazib qoldik, keyingi öyindayoq özimizni önglab olişimiz ham, jahon birinçiligiga borişimiz ham aniq, bunga qudratimiz yetadi, deya stadionni töldirib, futbolçilar-u murabbiylarimiz şa'niga dalda sözlarni aşula qilib aytardik, nega tuşunmaysiz, tagi çatoq, şunga kuyib ketyapmiz, e'tirozini bildirişlari mumkin. Öşalarga aytar sözimiz: ha, yaşang, ana şu tagini, negizini muhokama qilaylik, aza tutiş, aybdor qidiriş behuda!

Mustaqillikka erişgaç, mamlakatimizda barça sohada bölgani kabi sport, xususan, millionlar öyini, sehrli va jozibador soha — futbolimizning ham bağriga şamol tegdi, bir söz bilan aytganda, milliy futbolimizni yaratiş imkoni tuğildi. Haligaça, birov aççiq ustida, birov öşa rejim mahsuli, tarafdori sifatida, u davrda bizning futbol undoq edi, «ittifoq»da öz örni va obrösi bor edi, iddaolarini eşitib qolamiz. Mayli, bu ham bir fikr. Biroq, kezi kelganda şuni ham aytiş kerakki, u paytlarda bizda tizim ma'nosidagi futbol emas, birgina «Paxtakor» jamoasi bölgan va u butun respublika, jumladan uning rahbariyatining dardi, obrösi sanalgan. Vazifa uçta bölgan: oliy ligada qoliş, iloji boriça yuqori örinni egallaş, «Qayrat»dan bir poğona bölsa ham oldinda böliş! «Hamma narsa front uçun» şiori kabi barça imkoniyat «Paxtakor» uçun safarbar etilgan. Boşqa respublikalardan (hozirgi tuşunçada çetdan, «legioner») öyinçilar, murabbiylarni olib keliş, ularni kvartira, avtomobil (GAZ-24) bilan ta'minlaş, katta oylik, hurmat-e'tibor va boş­qalar. «Politotdel» kolxozi – boş homiy. Na milliy futbol tizimi va infratuzilmamiz bölgan, na milliy birinçiligimiz hamda maktabimiz. Jahon birinçiligi u yoqda tursin, «suveren respublika» hisoblanib Osiyo birinçiligiga boriş tuşimizga ham kirmasdi. Bir-bir öqib qolardik: «Paxtakor» Osiyoning falon mamlakatining jamoasi bilan ikki örtoqlik uçraşuvini ötkazdi, tamom-vassalom. Televizor orqali tomoşa qiliş, yutsa olqişlaş, yutqazsa, bugungidek ğalayon qiliş tuşunçasining özi tuşunçada yöq edi.