Qaşqadaryo viloyati Muborak tumanida yaşovçi 65 yoşli şaxs tuman prokuroridan 15 ming dollar pul talab qildi. Bu haqda “Huquq” gazetasi yozmoqda.

Ma'lum bölişiça, uşbu şaxs tuman elektr korxonasi ustidan prokurorga şikoyat qilgan, prokuratura şikoyatni örganib, qonuniy hal qilgan. Biroq şikoyat yoziş orqali pul undirişga odatlanib qolgan şaxs bu safar moddiy manfaat körmagan. Şu bois u elektr korxonasini qonuniy tekşirmadi, degan da'vo bilan tuman prokurori ustidan şikoyat yoza boşlagan. Şikoyatlarni töxtatiş evaziga esa tuman prokuroridan 15 ming dollar talab qilgan.

Gazetada yozilişiça, 65 yoşli fuqaro vositaçi orqali 5 ming dollarni olayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiliş organlari tomonidan uşlangan. Jinoyat işlari böyiça Muborak tumani sudi fuqaroga 3 yil ozodlikni çeklaş va eng kam oylik iş haqining 10 baravari miqdorida jarima tayinladi.