5 aprel kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşdi. Şu munosabat bilan Katta Kreml saroyida tantanali vaziyat taşkil etildi. "'" (Kommersant' naşri)ning maxsus muxbiri Andrey Kolesnikov mazkur taşrifdan olgan taassurotlari bilan örtoqlaşgan. Uning iqror bölişiça, Özbekiston Prezidenti uni lol qoldirişning uddasidan çiqqan.
Kolesnikovning yozişiça, Özbekistonning yangi prezidenti Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev kişida kuçli taassurot qoldiradi. Mana u Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Yaşil xonada uçraşmoqda. Putin unga şunday dedi:
— Umuman olganda biz savdo aylanmasini yuqori darajada uşlab turibmiz, ayrim sohalardagi ösiş sur'atlariga işoniş qiyin!
Vladimir Putinning özi ham bunday bölişiga işonmagani aniq!
— 260 foiz! — deydi Şavkat Mirziyoyev hayajon bilan.
— Ha, juda ajoyib! — deydi Rossiya Prezidenti öziga kelişga urinar ekan.— Ayniqsa, bu sanoat, qişloq xöjaligiga doir! Qişloq xöjaligi ikki martadan köproq ösgan! Özbekiston mahsulotlarining Rossiya bozoriga yetkazib berilişi ikki karradan köproq ösgan!
Özbekiston Davlat rahbari Peterburgdagi qöporuvçilikda qurbon bölganlarning yaqinlari va qarindoşlariga hamdardlik bildirişdan boşladi. U keyinroq, yana ikki marta hamdardligini izhor qildi.
— Biz siz bilan kelişib olgan narsalar (Samarqandda, Islom Karimov dafn qilinganidan keyin) hayotga tatbiq etilmoqda! Moskva markazida Islom Abduğaniyeviçga yodgorlik örnatiş uçun xiyobon ajratganingiz uçun taşakkur bildirmoqçiman. Juda yaxşi joy! Yana bir marta taşakkur!
Aytiş joizki, faqatgina iqtisodiyot yönalişida barçasi jonlandi, deb bölmaydi. Umuman, unday emas.
— Biz Puşkin nomidagi tasviriy san'at muzeyiga ajoyib etnografimiz Igor Savitsskiy körgazmasi bilan keldik.
Muzey prezidenti Irina Antonova va uning direktori Marina Loşak ham matbuot uçun bayonot beriş çoğida ham Yaşil mehmonxonada bölişdi. Aniqroği, ular ham muzokaraga kelganlar orasida edi. Bundan taşqari, ikki prezidentlarning bunday suhbati şu vaqtgaça kuzatilmagan.
— Rossiya tomonidan Afğoniston böyiça nima qilinayotgan bölsa, bizni hayratga solmoqda va biz bunda faol iştirok etamiz! — dedi Özbekiston prezidenti özining hayajonini yaşirmagan holda.
Ha, haqiqatdan ham ikki mamlakat örtasida bunaqasi bölganmidi, deya savol bilan murojaat qiladi jurnalist. Şavkat Mirziyoyev kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralar çoğida "suvdan foydalanişning adolatli tizimi" hamda harbiy va fuqarolik sohalarida hamkorlik yölga qöyilgani haqida söz boradi.
— Mana Sergey Viktoroviç (Çemezov) şu yerda ötiribdi, u tasdiqlaydi!
Şavkat Mirziyoyev yana Özbekistonda yetiştirilgan mevalar Rossiyaga "yaşil yölak"dan (boşqa jihatdan töğri ham, axir mevalar bölsa) yetkazilişini bildirdi... Bundan taşqari, Özbekiston töqimaçilik korxonalari öz mahsulotlarini Rossiyaga bevosita yetkazib berilişi yölga qöyiladi. Bu hali hammasi emas. "Pölat prokati, quriliş materiallari, oziq-ovqat sanoati mahsulotlariga aksiz soliqlari pasaytiriladi yoki töliq bekor qilinadi... Investitsiya loyihalari böyiça 12 mlrd dollarlik kelişuvlarga erişilgan.
— Vladimir Vladimiroviç,— deya öz hislarini yaşirolmaydi Şavkat Mirziyoyev,— bunaqasi hali bölmagan!!! Va bu sönggi 4 oydagi işlar samarasidir!
Asosiysi, bularning barçasi haqiqat!
Özbek rahbariyatining Rossiya mintaqalari rahbarlari bilan uçraşuvlari ham köp narsadan darak beradi. Bunaqasi ham hali kuzatilmagandi.
Nihoyat, "Aeroflot"ning Moskvadan Samarqand parvozlari qayta yölga qöyiladi.
— Bilasizmi, bu masala uzoq vaqt hal etilmay keldi, biz bu borada irodali qaror qabul qildik! — deya ma'lum qilgan Özbekiston rahbari.
Ta'kidlaş örinliki, deb yozadi maqola muallifi, "Rossiya ovozi", diktor Yevgeniy Xoroşevtsev bilan boğliq kutilmagan voqelik ajoyib kayfiyatni buza olmadi.
Mana men Şavkat Mirziyoyevga qarab turibman. Ha, u boşqaça odam. Islom Karimov, masalan boşqaça kulardi. Boşqaça gapirardi. Boşqaça öylardi. Bu jilmayiş esa, bilmadim kişini qaysidir ma'noda, lol qoldiradi.
Söngra, Şavkat Mirziyoyev öz bayonotini öqir ekan, xulosa qiladi:
— Tuşunarliki, köp gapiriş mumkin, ammo bularning barçasi juda ham yaxşi!
Kremlda ança vaqtdan beri bunaqasi bölmagan edi, deya yakunlaydi maqolasini Kommersant' muxbiri Andrey Kolesnikov.












