Zamon talablarini hisobga olgan holda umumiy örta ta'lim muassasalari faoliyatini taşkil etiş töğrisidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillaştiriş maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-son qarori bilan “Umumiy örta ta'lim töğrisida”gi nizom tasdiqlandi. Mazkur nizomga asosan umumiy örta ta'limda bir qator yangi tartib-qoidalar joriy etilmoqda.

Umumta'lim muassasalarining 1-sinfiga 6-7 yoşli bolalar tibbiy xulosaga muvofiq qabul qilinadi.

Tegişli yilning 31 avgustiga qadar 6,5 yoşga tölmagan, 1-sinfda öqiş istagini bildirgan bolalarning ota-onalari bilan umumta'lim muassasasining pedagog xodimlari va psixologi tomonidan bolani maktabda öqişga jismonan va ruhan tayyorlaş böyiça tuşuntiriş işlari olib boradi.

Maktab yoşidagi bolalarni tibbiy körikdan ötkaziş tartibi Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan Xalq ta'limi vazirligi bilan kelişilgan holda belgilanadi.

Bolalarni umumta'lim muassasasining 1-sinfiga qabul qiliş uçun ularning ota-onalari tomonidan quyidagi hujjatlar topşiriladi:

  • ota-onalar tomonidan umumta'lim muassasasi direktori nomiga ariza;
  • ota-onalarning fuqarolik pasporti (fuqaroligi bölmagan şaxslarning Özbekiston Respublikasida yaşaş guvohnomasi) nusxasi (doimiy propiskasi yoki turgan joyi böyiça hisobga olinganligi haqidagi qayd yozuvi körsatilgan holda);
  • bolaning tuğilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi;
  • bolaning soğliği töğrisida tibbiy ma'lumotnoma;
  • bolaning 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 4 dona rangli fotosurati;

Bolalar umumta'lim muassasasining I sinfiga tayyorgarlik darajasidan qat'i nazar, tanlovsiz qabul qilinadi, musiqa va san'atga ixtisoslaştirilgan ta'lim muassasalari bundan mustasno. 

Nizomga muvofiq, Respublika ixtisoslaştirilgan musiqa akademik litseylari hamda musiqa va san'atga ixtisoslaştirilgan umumta'lim muassasalariga öquvçilarni qabul qiliş tartibi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Öqişga qabul qilinayotgan bolalarning ota-onalari umumta'lim muassasasi ustavi, içki tartib-qoidalari va ta'lim-tarbiya jarayonini tartibga soluvçi boşqa hujjatlar bilan taniştirilişi lozim.

Umumta'lim muassasasida hujjatlarni yuritiş tartibi töğrisidagi yöriqnoma Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.