MDH mamlakatlari xavfsizlik xizmatlarining barça rahbarlari istisnosiz tarzda Sankt-Peterburgdagi qöporuvçilik böyiça olib borilayotgan tergov işlarida yordam berişni taklif qilgan. Bu haqda Rossiya Taşqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narişkin "Rossiya 1" telekanalining "Vesti v subbotu" körsatuvida bayonot berdi. 

"Uçraşuvda qatnaşgan maxsus xizmatlar rahbarlarining barçasi razillarça va qörqoqlarça amalga oşirilgan qabih jinoyat taşkilotçilarini foş etişda yordam berişga tayyorliklarini bildirişdi. Ular mazkur jinoyatga aloqador şaxslarni qidirib topişda kömak berişni taklif qilişdi", - degan Narişkin. 

Uning qayd etişiça, Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolariga viza tartibini joriy qiliş terrorizmga qarşi kuraşda ijobiy natija bermasligi mumkin. 

"Maxsus xizmatlarning tayyorlanayotgan teraktlarni dastlabki bosqiçlarida aniqlaş böyiça har daqiqa, har soat tinimsiz va sinçkovlik bilan olib boriladigan iş samara beradi", - degan Rossiya Taşq razvedka xizmati rahbari. 

Eslatib ötamiz, 3 aprelda Sankt-Peterburg metrosining "Texnologiçeskiy institut" va "Sennaya ploçşad" bekatlari oraliğida portlaş röy berdi. RF tergov qömitasi hodisani terakt deb baholadi. Sönggi ma'lumotlarga köra, 13 kişi halok bölgan, 50dan ortiq kişi yaralangan. 

4 aprel kuni Moskvada MDHga a'zo davlatlar xavfsizlik va razvedka xizmatlari rahbarlarining XIV kengaşi bölib ötdi.