AQŞ prezidenti Donald Tramp yaqin orada Oq uy xodimlari orasida bir qator özgartirişlarni amalga oşirmoqçi. Bu haqda The Wall Street Journal naşri xabar bermoqda.

Naşrning yozişiça, Tramp uning yaqin maslahatçilari va yordamçilari örtasida ziddiyatlar yuzaga kelayotganidan norozilik bildirmoqda. Ma'lum qilinişiça, uşbu mojarolar Suriyadagi ixtilof ortida yanada ahamiyatli köriniş olgan.

Tramp, jumladan, Oq uy xodimlari apparati rahbari Rayns Pribesni özgartirişi mumkin. Uning örniga Milliy iqtisodiy kengaş direktori Geri Kon kelişi mumkin.

Axios naşrining yozişiça, Pribes örniga, şuningdek, kongressmen Kevin Makkarti va taniqli tadbirkorlar Ueyn Berman (Blackstone Group) va Devid Urban (American Continental Group) kelişlari mumkin.

Tramp, şuningdek, özining maslahatçisi Stiven Bennondan ketişini söraşi mumkin. Bennon Oq uy huzuridagi milliy xavfsizlik kengaşi tarkibidan istisno qilindi.

OAVdagi bu xabarlarga Oq uy matbuot kotibi örinbosari Lindsi Uolters ular yolğonligi va "AQŞ ma'muriyati erişayotgan muvaffaqiyatlardan e'tiborni çalğitişga qaratilgani" bilan javob berdi.