Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov raisligida umumiy videoselektor majlis bölib ötmoqda. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Majlisda Prezidentning 2017 yil 4 apreldagi “Xotira va qadrlaş kuniga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-2865 son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini sözsiz ta'minlaş hamda ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalar a'zolarining xayriya nikoh va sunnat töylarini ötkaziş masalalari muhokama etildi.
Manbaga köra, videoselektor majlisda barça viloyatlar tuman (şahar) hokimlari, ular örinbosarlari, ma'naviyat tarğibot markazi tuman (şahar) bölimlari boşliqlari, tuman (şahar) içki işlar bölimlari boşliqlari va boşqa barça tegişli davlat idoralari vakillari iştirok etmoqda.












