Italiya çempionatining 31-turi doirasida «Kevo»ga qarşi keçgan öyin «Yuventus» darvozaboni Janluidji Buffon uçun A Seriyada ötkazilgan 616-uçraşuvga aylandi.
Endilikda uşbu 39 yoşli futbolçi turnir tarixida eng köp öyin ötkaziş böyiça «Inter»ning sobiq himoyaçisi Xaver Dzanettini ortda qoldirib, ikkinçi öringa kötarildi. Endi u faqat turnir doirasida 647 uçraşuvda maydonga tuşgan afsonaviy himoyaçi Paolo Maldinidan («Milan») ortda qolmoqda.
Buffon faoliyatidagi bir mavsumni quyi ligada ötkazgan.
«Yuventus» «Kevo»ga qarşi öyinda 2:0 hisobida ğalaba qozondi va yakkapeşqadamligini davom ettirdi.









