Yevropada mavjud klublar tarkibida töp suruvçi futbolçilarga qarab eng qariya jamoalar nomi aniqlandi.
CIES Football Observatory taşkiloti olib borgan tadqiqotlarga köra, Yevropaning eng keksa futbolçilardan iborat jamoasi deya Italiyaning «Kevo» klubi e'tirof etildi (örtaça 32,09 yoş). Veronaliklardan keyingi örinni Kiprning «Larnaka» (31,87 yoş) va «Nea Salamis» (30,38 yoş) jamoalari band etişdi.
Eng qari jamoalar safida Yevropaning kuçli beşlik çempionatlari vakillari orasida «Vest Bromviç» 5 (30,03 yoş), «Uotford» 11 (29,64 yoş), «Yuventus» 13 (29,55 yoş), «Stok Siti» 21 (29.28 yoş), «Kalyari 22 (29,26 yoş), «Kan» 28 (29.12 yoş), «Mançester Siti» 39 (28,89 yoş), «Bavariya» 59 (28,41 yoş), «Lester» 64-örinni (28,8 yoş) egallab turibdi. Şuningdek yuqori 100talik reytingdan 99-örin bilan «Inter» (27,8 yoş) ham joy egallagan.
Rossiyadan eng qariya jamoa «Orenburg» bölib turibdi. Vadim Afonin töp suradigan jamoa reytingda 10-örinda bormoqda. Orenburgliklarning örtaça yoşi 29,7ni taşkil qilmoqda.









