Ekvador prezidenti Rafael Korrea saylovlar kunida mamlakatning Milliy saylov kengaşi (MSK) sayti AQŞ tomonidan buzib kirilganini ma'lum qildi. Bu haqida Telegrafo naşri xabar berdi.
"Gap milliy va xalqaro huquqqa qarşi siyosiy fitna haqida bormoqda, zero ular mağlubiyatga uçraşlarini va Ekvador juda muhim ahamiyatga ega ekanini yaxşi bilişgan, ular noumidlikdan mağlubiyatni qabul qilişni istaşmagan", - dedi Korrea Los Rios provinsiyasidagi çiqişida.
Uning sözlariga köra, şu kunning özida ECU-911 xavfsizlik xizmatining rasmiy saytiga ham kiberhujum uyuştirilgan.
Ekvador saylov hukumatlari 2 aprelda bölib ötgan mamlakat prezidenti saylovlari ikkinçi bosqiçidagi ovozlarni qisman qayta hisoblaşni boşlaşgan. Saylovlar natijalari böyiça mamlakatning beş provinsiyasi - Çimboraso, Imbabura, Piçinça, Kotopaksi va Karçida norozilik namoyişlari qayd etilgan.
Ekvador milliy saylov kengaşi seşanba kuni hukmron çap-markaz kuçlari nomzodi Lenin Morenoning ğalabasi haqida rasman e'lon qilgan, u prezidentlik poygasining ikkinçi bosqiçida 51,14 foiz ovoz töplagan. Uning raqibi Gilermo Lasso esa 48,86 foiz ovozga ega bölgan. Saylovlardan keyin Lasso ularning natijasidan norozi ekanini aytgan va byulletenlarni qayta hisoblab çiqişni talab qilgan.








