Aksariyat kişilar selfi olib, uning ijtimoiy tarmoqlarda yiğayotgan layklaridan xursand bölayotgan bir paytda suratkaşlar öz asarlarini Uyğoniş davri san'at ustalarining noyob durdonalari narxida sotişmoqda. Trendymen juda yuqori baholanuvçi suratlar röyxatini taqdim etib, ularga oid ma'lumotlar bilan bölişdi.
Fantom, 1999

Maullif: Piter Lik
Bahosi: 6 500 000 dollar
Uşbu surat bugungi kundagi eng qimmat surat hisoblanadi. Kadrda şarpaga öxşaş yoruğlik nuri muhrlangan. Surat Arizona ştatidagi Antilopa kanonidagi ğorlardan birida olingan.
Reyn II, 1999

Maullif: Andreas Gurski
Bahosi: 4 338 500 dollar
Andreas Gurski — maşhur nemis rassomi, u katta narxda pullangan köplab suratlar muallifi. 1999 yilda rassom "Reyn II" suratini olgan, unda Reyn daryosi yomğirli osmon ostida ikki töğon örtasida tasvirlangan. Gurski Reynning jami oltita suratini oldi. "Reyn II" - ularning orasidagi eng yirik surat. Qiziği şundaki, muallif suratni Fotoşopda tahrirlagan, çunki kompozitsiyani elektr stansiyasi qurilişi va itini olib ketayotgan yölovçi buzib qöygandi. Mazkur surat 2011 yilda «Christies» kimoşdi savdosida 4 338 500 dollarga sotilgan. Uni Monika Şpryutning Kyolndagi galereyasi xarid qilgan, keyinçalik esa surat noma'lum kolleksioner tomonidan qölga kiritilgan.
Nomsiz #96,1981

Muallif: Sindi Şerman
Bahosi: 3 890 500 dollar
Amerikalik fotorassom Sindi Şerman suratlarni postanovkalaş texnikasida işlaydi. Şerman özini performançi-rassom deb hisoblaydi va suratkaşlikni mutlaqo tan olmaydi. Musavvirning eng maşhur va qimmat işlaridan biri - 1981 yilda yaratilgan #96-surat. Suratda yorqin apelsin rang kiyimdagi sepkilli mallasoç qiz aks etgan. Şermanning özi izoh berişiça, suratda çuqur mazmun yaşirin - bir vaqtning özida ham jozibali, ham beğubor qizça qölida tanişuv e'lonlari berilgan gazetani uşlab yotibdi.






















