AQŞ prezidenti Donald Trampning öğli – kiçik Donald Tramp yakşanba kuni amerikalik şou-biznes yulduzlariga, ular respublikaçi bölib ötgan saylovlarda ğalaba qozonsa, mamlakatni tark etiş haqida bong urişganini eslatdi. U bu haqda Twitter’dagi sahifasida boşqa bir blogerning fikriga javoban yozgan.
Bloger şunday yozdi: “Söllarni qöllab-quvvatlayotgan fransiyalik yulduzlar agarda Le Pen saylovda yutib çiqsa, Kanadaga ketişlarini aytişmoqda. Buni avval ham qayerdadir eşitgandim, şekilli?”
Kiçik Tramp esa bu savolga darhol javob yozdi. "Men xuddi şu narsani va'da qilgan maşhur şaxslar köçib ketişlarini hali-hamon kutmoqdaman!!!" – deya yozgan AQŞ prezidenti öğli.
Ötgan yili önlab amerikalik şou-biznes yulduzlari agarda Tramp prezident bölsa mamlakatni tark etişlari haqida ma'lum qilişgandi. Yoş aktrisa va yozuvçi Lina Danem Kanadaga, komediya janridagi ijokor Emi Şumer – Ispaniyaga, aktyor Semyuel Jyekson – Janubiy Afrikaga, aktrisa va xonanda Barbara Streyzand – Avstraliya yoki Kanadaga, qöşiqçi Şer esa Yupiter sayyorasiga ketişga va'da bergandi. "Vaşington ekzeminer" gazetasi ma'lumotiga köra, yakunda ulardan heç biri öz va'dasini bajarmadi.












