Hozirça, yilning törtinçi oyi ötayotganiga qaramay, Mercedes kompaniyasidan tortib Lamborghini firmasigaça çin ma'noda ajoyib avtomobillarini namoyiş etişga ulgurdi. Quyida 2017 yil boşidan şu paytga qadar taqdim etilgan eng qimmat sedan va yöltanlamaslar yettiligini e'tiboringizga havola qilamiz. 

1. Uzoq kutilgan Lamborghini Huracán Performante Jyeneva avtokörgazmasida taqdim etildi. Uning 5,2 litr, 10 silindrli dvigateli 640 ot kuçini taqdim etadi.

275 ming dollar atrofida turuvçi avtomobil atigi 3 soniyada soatiga 100 km tezlikka erişadi. 

2. Germaniyaning Mercedes-Benz kompaniyasi dunyodagi eng qimmat yöltanlamasni işlab çiqdi. Bu Landaulet G650. Mart oyida Mercedes-Maybach qatorini töldirgan avtomobil 666,4 ming dollarga baholandi.

Kompaniya undan atigi 99 dona işlab çiqaradi. 

3. Yodingizda bölsa, Rolls-Royce Jyeneva avtosalonida haqiqiy olmoslar bilan jilolangan avtomobilni namoyiş etgan edi.

Kompaniya har bir avtomobilga mingtadan olmos töğri keladigan böyoqni işlab çiqdi. Diamond Stardust böyoği bilan haşamatli Rolls-Royce Ghost ustki qismi böyaladi.

Rolls-Royce bu böyoqning narxi qança turişini ma'lum qilmagan bölsa-da, biroq Ghost 300 ming dollardan boşlanişi aniq. Avtomobil şaxsiy buyurtma asosida işlab çiqilgan.