Toşkent şahridagi “Hazrati imom” jome masjidi imom noibi Habibulloh Abdurazzoqov Olmazor tumanida joylaşgan “Şifokorlar”, “Çimboy” mahallalaridagi xonadonlarda bölib, ota-onalar, öquvçi-farzandlar bilan suhbat ötkazdi. Bu haqda Özbekiston musulmonlari idorasi Toşkent şahar vakilligi matbuot xizmati xabar berdi.

Insonning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli, bölişining muhim omili – ilmga e'tibor ekanini ta'kidladi. Şuningdek, imom noib ba'zi yoşlarning ta'limga e'tiborsiz munosabatda bölib, öqişga bormasligi açinarli holat ekanini urğuladi. Ota-onalar öz farzandining odob-axloqi, ta'lim-tarbiyasiga mas'ul ekanini, dars vaqtida behuda işlarga çalğimay, bor diqqat-eʼtiborini öqişga jalb etişga qaratib ötdi.

"Şayx Ziyovuddinxon" jome masjidi imom-xatibi Erdon Esonov ham Mirzo Uluğbek tumanida joylaşgan “Uluğbek” mahallasida joylaşgan kam ta'minlangan, ehtiyojmand oilalar xonadoniga kirib, ular bilan muloqotda böldi. 

Suhbat asnosida imom-xatib yangi çop etilgan ma'rifiy va badiiy adabiyotlardan sovğa qildi.