Turkiya milliy mudofaa vazirligi bugun Suriya bilan çegarada beton devor qurilişi navbatdagi bosqiçi yakuniga yetganini xabar berdi. Bu haqda mahkama Twitter’dagi öz sahifasida ma'lum qilgan.
"Suriya bilan çegarada 556 kilometrlik betor devor qurilişi çegara xavfsizligi tizimi loyihasi doirasida olib borildi hamda öz yakuniga yetdi", - deya xabar berdi vazirlik.
Ötgan yilning oxirlarida Turkiya mudofaa vaziri Fikri Işiq Anqara devor qurilişini 2017 yilning örtalariga qadar butunlay yakunlamoqçi ekanini ta'kidlab ötgandi. Suriya bilan çegarada hammasi bölib 825 kilometr beton tösiq quriş rejalaştirilgan. Tösiq – oğirligi 7 tonna keluvçi beton bloklardan iborat bölib, ularning eni 2 va balandligi 3 metrni taşkil etadi hamda tikanli sim bilan töldiriladi.
Har 300 metrda kuzatuv işlari uçun barça zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan minoralar quriladi. Şuningdek, taxminlarga köra, minoralarda avtomatik pulemyotlar va qoidabuzarlarni ovozli ogohlantiriş tizimi örnatiladi.
Devor Suriya tomonidan terrorçilarning kirib kelmasligi uçun qurilgan.















