FireEye kompaniyasining axborot xavfsizligi mutaxassislari Microsoft Word dasturining barça versiyalarida "nol kuni" xatosi borligini aniqlaşgan. Uşbu muammo zararli dasturlarni jabrdiyda kompyuteriga örnatişga imkon beradi.

Ğaraz niyatli odamlar hujumni amalga oşirişlari uçun foydalanuvçiga elektron poçta orqali zararlangan RTF-hujjatni yuborişlari yetarlidir. Hujjat oçilganda Visual Basic skripti bajariladi va xakerlarga zararli dasturni yuklaşga va jabrdiyda kompyuterining ustidan nazoratni olişga ijozat beradi. 

Bu xatolik barça himoya çoralarini çetlab öta olişga imkon beradi. Boşqa şunga öxşaş hujumlardan farqli ölaroq, bu yerda makrosni işga tuşiriş talab qilinmaydi. Bu dastur Windows operatsion tizimining barça versiyalarida, jumladan  Windows 10’da ham işlaydi.

Microsoft bu muammo borligidan xabardor qilingan va xatolikni tuzatuvçi maxsus dasturni 11 apreldayoq çiqarişi mumkin.