Xalqaro toifadagi aqliy arifmetika maktabi yangi filiallarini oçdi.
Bahor – ilhomlaniş, yangilaniş va kaşfiyotlar vaqti. Yetakçi maktablardan biri bölgan ALOHA Mental Arithmetic Uzbekistan Toşkent va Farğonada biryöla ikki yangi filialini oçib, öz çegaralarini kengaytirmoqda. Endilikda yanada köp bolalar xalqaro dastur böyiça aqliy arifmetika bilan şuğullaniş imkoniga ega böladi.
Toşkentdagi yangi filial şahar markazida (Markaz-5) joylaşgan, Farğonadagi ALOHA Mental Arithmetic filiali esa «HappyKids» şinam bolalar boğçasi hududida oçilgan.
Kompaniyaning boş vakillari lokatsiyalarni doimo bolalar va ularning ota-onalariga ğamxörlik bilan tanlaşadi - bunda nafaqat içki muhitning qulayligi, balki taşqi muhit va avtoturargohlar ham inobatga olinadi. Yangi markazlardagi xonalar ekologik tabiiy ranglarda bezalgan va öquvçilarning yoşini inobatga olgan holda, sifatli mebellar bilan jihozlangan. Tabiiy yoruğlik va öquv xonalarining ventilyatsiyasiga ham katta e'tibor qaratilgan. Ota-onalar uçun şinam va keng dam oliş xonasi mavjud - bu yerda farzandini kutayotgan ota yoki ona qahva içişi yoki noutbukda işlab ötirişi mumkin.


Filiallarimiz öz faoliyatini boşladi va xodimlarimiz aqliy arifmetika sohasidagi bilimlarga ega bölişni istovçi bolajonlarni qabul qilişga tayyor.
Maşğulotlar ikki asosiy yönaliş böyiça olib boriladi: 5-7 yoşdagi bolalar uçun - Tiny Tots, 8-13 yoşli bolalar uçun - Kids. Har bir dastur bir neça bosqiçlarga ajratilgan, har yangi bosqiçda yanada murakkab hisob-kitoblarga ötiladi. Tiny Tots'ning 10 bosqiçi va Kids'ning 8 bosqiçi ALOHA Mental Arithmetic markazida tahsil oluvçi har bir bolaning individual xususiyatlarini inobatga olib, unga öziga qulay sur'atlarda eng yaxşi natijalarga erişişda yordam beradi.

Tajribali va malakali personal individual farqlarni inobatga olgan holda öyin şaklidagi öquv maşğulotlarini ötkazib, nafaqat bilim oliş uçun qulay muhit yaratadi, balki jamoaviylik ruhi hamda guruhdagi tengdoşlar orasidagi muloqotning rivojlanişini ham rağbatlantiradi. Bunda har bir öquvçiga alohida e'tibor qaratiladi.













